O‘zbekiston | 13:39
614
2 daqiqa o‘qiladi

6 oyda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holati yuzasidan 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bolalarga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik holatlari yuzasidan 2 ta jinoyat ishi  hamda 5 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atildi.

Foto: Getty images

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili axborot xizmati rahbari Dilnoza Yusupova yarim yillik faoliyat to‘g‘risida ma’lumot berdi:

Joriy yilning 1-yarmida Bolalar ombudsmani nomiga 885 ta murojaat kelib tushdi. 

O‘z navbatida, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasida bolalarga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik holatlari yuzasidan 2 ta jinoyat ishi  hamda 5 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. Bolaga jismoniy jazo qo‘llaganligi hamda o‘z kasbiy faoliyatiga sovuqqonlik bilan qaraganligi uchun 3 nafar pedagog xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llandi.

665 ta murojaat Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, 160 tasi tegishliligi bo‘yicha yuborilgan, 60 ta murojaat takroriy bo‘lganligi tufayli ko‘rilmasdan qoldirildi, nazoratga olingan 61 ta murojaat esa ijobiy hal qilindi.

Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili 21 marotaba shaxsiy qabul o‘tkazilib, qabullar davomida 87 nafar fuqaro murojaati qabul qilindi.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish, bolaning manfaatlari buzilganligi holatlarini o‘z tashabbusiga ko‘ra tekshirish bilan bog‘liq materiallarni umumlashtirish asosida Vazirlar Mahkamasiga 5 ta, Ichki ishlar vazirligiga 4 ta so‘rov xatlari kiritildi.

Mavzuga oid