Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sankt-Peterburgda migrantlar temir panjaralar orasida yotishga majbur bo‘layotganiga izoh berildi
Aniqlanishicha, ular migratsiya markaziga «patent» rasmiylashtirish uchun borgan fuqarolardir. Ammo navbatda turish qoidalariga rioya qilinmagani sabab xavfsizlikni ta’minlash maqsadida temir panjaralar o‘rnatilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi ijtimoiy tarmoqlarda Sankt-Peterburg shahrida qiyinchiliklarga duch kelayotgan fuqarolar to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi mas’ul xodimlari migratsiya markazida yuzaga kelgan vaziyatni o‘rgangan.
Mazkur markazda «Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ayrim toifalarining huquqiy holatini tartibga solish bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risida«gi prezident farmoni doirasida ishlash ruxsatnomasini (patent) rasmiylashtirish jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlanishicha, markaz xodimlari to‘liq ish rejimida faoliyat olib bormoqda hamda hujjatlar rasmiylashtirish belgilangan tartib va talablar asosida tashkil etilgan. Shu bilan birga chet el fuqarolari uchun migratsiya markazining ish vaqti haqida ma’lumot taqdim etilgan.
«Videopostdagi holatning kelib chiqishi fuqarolarning navbatda turishga rioya qilmasligi sababli sodir bo‘lgan. Shu bois xavfsizlikni ta’minlash maqsadida temir panjaralar o‘rnatilgan. Bundan tashqari fuqarolar tomonidan patent olish bo‘yicha belgilangan hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan.
Shuningdek, videomurojaatda ishtirok etgan fuqarolar bilan bevosita suhbat o‘tkazilib, ularga hujjatlarni qonuniy rasmiylashtirish tartib-taomillari va migratsiya markazining ishlash mexanizmi haqida batafsil tushuntirish berildi», - deyiladi munosabatda.
Ma’lumot uchun, 2024 yilda Rossiyaga 6,3 millionga yaqin migrant kelgan bo‘lib, ularning yarmi ishga joylashish maqsadida borgan. Xorijliklarning 23,3 foizini O‘zbekiston fuqarolari tashkil qilgan — bu qariyb 1,5 millionga teng.
Mavzuga oid

22:05 / 13.07.2025
Ispaniyada migrantlar hujumi sabab tartibsizliklar boshlandi

18:58 / 13.07.2025
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urush vaqtida Rossiyaga 12 milliondan ortiq snaryad yetkazib berdi

23:38 / 12.07.2025
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa

21:38 / 12.07.2025