Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Auksionda sumka 10 mln dollarga sotildi
Hermès brendining aktrisa Jyeyn Birkinga tegishli bo‘lgan hamda Birkin modeli prototipiga aylangan original sumkasi Sotheby's auksionida rekord darajadagi 10,1 mln dollarga sotildi va savdolar tarixidagi eng qimmatbaho sumkaga aylandi.

Foto: Getty Images
Xaridor yaponiyalik xususiy kolleksioner bo‘lgan, uning shaxsi oshkor etilmagan.
Bundan oldingi rekord timsoh terisidan ishlangan hamda brilliantlar qadalgan Hermès Kelly sumkasiga tegishli bo‘lib, u 2021 yilda kimoshdi savdosida 513 ming dollarga pullangandi.
Auksion uy xabarida aytilishicha, Birkin sumkasi 10 daqiqa davom etgan savdoda sotilgan, unda to‘qqiz nafar xaridor ishtirok etgan.
Eng ko‘p xohlanadigan moda aksessuari
Qora charm sumka 1985 yilda qo‘shiqchi va aktrisa Jyeyn Birkin uchun tayyorlangandi, o‘shanda u samolyotda Hermès boshqaruv raisi Jan-Lui Dyum bilan yonma-yon o‘tirganida sumkasini tushirib yuborgan, uning ichidagi buyumlari sochilib ketgandi. Jyeyn Birkin o‘shanda qo‘shnisidan modalar uyi nega ayollar uchun cho‘ntaklari qulayroq bo‘lgan kattaroq sumkalar ishlab chiqarmasligi haqida so‘raydi.
Jan-Lui Dyuma ko‘p o‘tmay aktrisaning xohishiga mos keladigan ayollar sumkasi eskizini chizadi.
Keyinroq Hermès modalar uyi ushbu dizayndagi sumkalarni sotuvga chiqaradi va bu aksessuar vaqt o‘tib dunyodagi eng taniqli va ko‘pchilik qo‘lga kiritishni istaydigan hashamatli aksessuarlardan biriga aylanadi.
1994 yilda Jyeyn Birkin OITSga qarshi kurashuvchi xayriya tashkilotiga mablag‘ yig‘ish uchun o‘z sumkasini auksionga qo‘yadi.

Sotheby's auksion uyi vakili Morgan Halimi sumkaga berilgan narx «afsonaning hayratomuz kuchi» va uning kolleksionerlarni noyob tarixga ega narsalarni sotib olishga undash qobiliyatini namoyish etishini ta’kidladi.
«Birkin sumkalari prototipi – aynan shunday, buyuk tarix boshlangan narsa, bizga zamonaviy idolni bergan narsa, Birkin sumkasi – dunyodagi eng orzu qilinadigan sumka», – degan Halimi.
Hozirda Birkin’ning ayrim modellari o‘n minglab dollar turadi. Bunday sumkalar egalari qatorida – Keyt Moss, Viktoriya Bekhem va Jyennifer Lopes kabi mashhurlar bor.
Mavzuga oid

11:15 / 14.06.2025
Rekord yangilandi: avtoraqam 1,6 mlrd so‘mga sotildi

16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi

16:42 / 07.02.2025
2024 yilda birjada sotilgan eng arzon va eng qimmat avtoraqamlar narxi ma’lum qilindi

19:33 / 05.02.2025