Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi
1-chorak yakunlari bo‘yicha, umumiy tashqi qarz 68,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Shundan 35,8 mlrd dollari – davlat tashqi qarzi, 32,6 mlrd dollari – korporativ tashqi qarzlardan iborat. Umumiy tashqi qarz qoldig‘i bir yil ichida 14,9 mlrd dollarga oshdi. Choraklik joriy operatsiyalar hisobining manfiy saldosi 160,7 mln dollargacha (yillik nisbatda 13 barobarga) qisqardi.

Foto: REUTERS
2025 yil 1-chorak yakuniy bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining umumiy tashqi qarzi 68,4 mlrd dollarni tashkil qildi.
Shundan 35,8 mlrd dollari – davlat tashqi qarzi, 32,6 mlrd dollari –korporativ tashqi qarzlardir. Bu – Markaziy bank hisobotida keltirib o‘tilgan.
Yanvar-mart oylarida umumiy tashqi qarz qoldig‘i 4,3 mlrd dollarga oshgan. Bunda, davlat tashqi qarzi 1,9 mlrd dollarga, korporativ tashqi qarz 2,4 mlrd dollarga ko‘paygan.
2024 yil 4-choragi (+3,9 mlrd dollar) bilan taqqoslaganda, tashqi qarz jamg‘arish tezlashganini ko‘rish mumkin.
Umumiy tashqi qarz qoldig‘ining o‘sishi yillik nisbatda (2024 yil 1-choragiga taqqoslaganda) 14,9 mlrd dollarni tashkil etdi. Shundan 6,2 mlrd dollari – davlat, 8,7 mlrd dollari korporativ tashqi qarzdan iborat.
Ma’lumot uchun: korporativ tashqi qarz tarkibida xususiy sektor va davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan davlat kafolatisiz jalb etilgan tashqi qarzlar aks ettiriladi.
Joriy operatsiyalar hisobi uzoq yillik minimumni qayd etdi
1-chorakda joriy operatsiyalar hisobidagi manfiy saldo 160,7 mln dollargacha qisqardi. Taqqoslash uchun, 2024 yilning ilk choragida bu ko‘rsatkich 2,1 mlrd dollar bo‘lgan.
Savdo balansining manfiy saldosi esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34 foizga qisqarib, 2,6 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu – eksport hajmining yuqori sur’atlarda o‘sishi sharoitida, importning deyarli o‘zgarishsiz saqlanib qolishi bilan izohlanadi.
Xususan, jami eksport hajmi 22 foizga oshib, qariyb 8 mlrd dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, jami import hajmi 10,5 mlrd dollar atrofida shakllandi.
2025 yilning I choragi davomida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro pul o‘tkazmalar hajmining o‘sishi birlamchi va ikkilamchi daromadlar balansi ijobiy saldo (mos ravishda 148,9 mln va 2,2 mlrd dollar) bilan shakllanishiga sabab bo‘ldi.
Joriy operatsiyalar hisobi taqchilligi to‘g‘ridan to‘g‘ri, portfel va boshqa investitsiyalar jalb qilinishi hisobiga moliyalashtirildi. Jumladan, 2025 yilning I choragi davomida O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning sof kiritilishi 2024 yilning mos davriga nisbatan qariyb 2 barobarga o‘sib, 752,3 mln dollarga teng bo‘ldi.
Portfel investitsiyalarning sof jalb qilinishi asosan xalqaro obligatsiyalar bilan bog‘liq operatsiyalar hisobiga, 1,5 mlrd dollarni tashkil qildi.
Yuqoridagi tarkibiy omillar hisobiga 2025 yilning I choragi yakuni bo‘yicha moliyaviy hisob manfiy saldosi 791,1 mln dollarni tashkil etdi.
Mavzuga oid

18:37
Importda yana muammo: Texnik tartibga solish agentligi muzlatkich va sovitkichlarni O‘zbekistonga kirgizmayapti

21:57 / 08.07.2025
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 6 oy ichida ilk marta kamaydi

15:47 / 07.07.2025
Yarim yillik yakunlari: O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,7-6,8 foiz o‘sishi kutilmoqda

13:06 / 25.06.2025