Iqtisodiyot | 12:43 / 10.07.2025
703
2 daqiqa o‘qiladi

Yil boshidan beri qancha fuqaroga ijtimoiy to‘lov tayinlangani aytildi

O‘zbekistonda 2025 yil I yarim yilligida 48 771 nafar fuqaroga ijtimoiy to‘lovlar tayinlandi. 

Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qilishicha, agentlik tomonidan 2025 yil I yarim yilligida pensiya tayinlash uchun ish stajiga ega bo‘lmagan 48 771 nafar fuqaroga nafaqa, moddiy yordam va kompensatsiya pul to‘lovlari tayinlab berildi. 

Jumladan:

  • 6 811 nafar fuqaroga — yoshga doir nafaqa;
  • 16 014 nafar fuqaroga — nogironlik nafaqasi;
  • 3 770 nafar oilaga — boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi;
  • 14 115 nafar fuqaroga — nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi;
  • 6 144 nafar fuqaroga — parvarishlash nafaqasi;
  • 1 252 nafar fuqaroga — o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy yordam;
  • 612 nafar fuqaroga — uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlari tayinlab berildi;

Shuningdek:

  • parvarishi va ta’minoti uchun to‘lov bilan qamrab olingan oilaga tarbiya (patronat)ga berilgan tutingan bolalar — 42 nafar;
  • oilaviy bolalar uyi tutingan bolalar — 11 nafar.

Mavzuga oid