Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Guanchjou-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi
Xitoyning China Southern Airlines aviakompaniyasi Guanchjou -Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri ilk aviaqatnovlar amalga oshirdi.

Foto: "Dunyo" AA
Mazkur reys bilan Xitoyning yetakchi Guangzhou GZL kompaniyasi ko‘magida shakllantirilgan va 30 dan ortiq mahalliy sayyohlarni o‘z ichiga olgan birinchi guruh O‘zbekistonga jo‘nab ketdi.
Xitoylik sayyohlar to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar, joriy etilgan vizasiz rejim, O‘zbekistonning boy madaniyati, tarixi va mehmondo‘stligi bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyat yaratishini hamda Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlarga sayohat qilishni yengillashtirishini ta’kidladi.
Yangi ochilgan Guanchjou - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar O‘zbekiston-Xitoy hududlararo aloqalarini rivojlantirish, o‘zaro iqtisodiy, madaniy va turistik almashinuvlarni faollashtirishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid

08:58
Bloomberg: Rossiya sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun Xitoy bilan dronlar ustida ishlamoqda

07:57
Germaniya Xitoyni Qizil dengizdagi lazer hujumida aybladi

21:14 / 09.07.2025
Ukrainada «Neptun» raketasiga oid maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashga uringan xitoylik josuslar ushlandi

17:44 / 09.07.2025