O‘zbekiston | 14:48 / 10.07.2025
793
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar umumiy aholining 2,7 foizini tashkil etyapti

O‘zbekistonda 2025 yil 1 iyul holatiga nogironligi bo‘lgan shaxslar umumiy aholining 2,7 foizini tashkil etadi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot xizmati rahbari ma’lum qildi.

Foto: Getty images

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 60 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan 18 tasi nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Nogironlikni baholash shkalasi asosida shaxslarning kundalik hayotdagi faolligi va ishtiroki (funksionalligi)ni baholashning yangi tartibi joriy etildi. Xususan, ushbu baholash tizimi asosida 32 036 nafar shaxs baholandi, natijalar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga kiritildi. 

Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyalari, ya’ni TIEK tizimi qayta ko‘rib chiqildi. Viloyatlardagi 33 ta ixtisoslashtirilgan komissiya tugatilib, tumanlararo va tuman (shahar) TIEK orqali nogironlik belgilash amaliyoti joriy etildi. Barcha komissiyalarga pediatrlar shtati kiritildi.

Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiya ko‘rigiga chaqirmasdan nogironlik belgilanadigan kasalliklar soni 39 tadan 48 tagacha kengaytirildi. Natijada 463 nafar shaxs komissiyaga borishdan ozod etildi va nogironlik masofadan turib belgilandi.

Mavzuga oid