Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh birinchi marta Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» yig‘ilishiga qo‘shildi
«Ko‘ngillilar koalitsiyasi» Buyuk Britaniya va Fransiya tashabbusi bo‘lib, Ukrainada tinchlik kafolati berishga tayyor bo‘lgan davlatlarni birlashtirishi kerak.

Foto: Getty images
Qo‘shma Shtatlarning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog ehtimoliy sulhdan keyin Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlarini ishlab chiqayotgan «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» yig‘ilishiga qo‘shilgan Amerikaning birinchi vakili bo‘ldi. Yevropa davlatlariga Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlagan senatorlar Lindsi Grem va Richard Blumental ham qo‘shildi, deb xabar berdi «Kommersant».
«Ko‘ngillilar koalitsiyasi» yig‘ilishi Buyuk Britaniya va Fransiya raisligida o‘tmoqda. Ushbu mamlakatlarning yetakchilari - bosh vazir Kir Starmer va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron London shimoli-g‘arbidagi Nortvudda joylashgan NATO qo‘mondonlik markazida.
Yig‘ilishning boshqa ishtirokchilari - Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, Germaniya kansleri Fridrix Mers, Polsha bosh vaziri Donald Tusk, Niderlandiya bosh vaziri Dik Sxof va Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen, shuningdek, AQSh vakillari Rimda bo‘lib, videoaloqa orqali qatnashmoqda. 10 iyul kuni Italiyada Ukrainani qayta tiklash bo‘yicha to‘rtinchi anjuman o‘tkazildi.
«Biz o‘z ishimizni tinchlikka tayyorgarlik ko‘rishga qaratishimiz, bunga Putinni muzokaraga majburlash orqali erishishimiz kerak. Bu muvofiqlashtirilgan bosim o‘z natijasini beradi», dedi Kir Starmer uchrashuvda. «Menimcha, bu biz Ukraina xavfsizligi va o‘z xavfsizligimiz uchun harakat qilishda davom etayotgan birdamligimizning yorqin belgisi va namunasidir», dedi Jorjia Meloni. U Amerika Qo‘shma Shtatlarining «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» yig‘ilishidagi ishtirokini shunday izohladi.
«Ko‘ngillilar koalitsiyasi» Buyuk Britaniya va Fransiya tashabbusi bo‘lib, Ukrainada tinchlik kafolati berishga tayyor bo‘lgan davlatlarni birlashtirishi kerak. Shu jumladan o‘t ochish to‘xtatilgandan keyin tinchlikparvar kuchlarni yuborish orqali.
Avvalroq, Buyuk Britaniya koalitsiyaga 30 dan ortiq davlat qo‘shilishni xohlayotganini ma’lum qilgan edi.
Mavzuga oid

08:17
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

02:32
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi

21:39 / 11.07.2025
NYT: Kiyevda otib ketilgan polkovnik UXX maxfiy bo‘linmasini boshqargan

19:55 / 11.07.2025