Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olti oyda bolalarga nisbatan 60 ta zo‘ravonlik holati aniqlandi
Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili o‘tgan yarim yil davomida bolalar huquqlari buzilishi bo‘yicha murojaatlar statistikasini e’lon qildi.

Foto: Yekaterina Sychkova / URA.RU
Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili nomiga kelgan 885 ta murojaat ko‘rib chiqildi. Murojaatlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 47 foizga oshgan. 20 ta murojaat voyaga yetmagan shaxslar tomonidan yo‘llangan.
Internet tarmog‘i monitoringida bola huquqlarining buzilishiga oid 185 ta holat aniqlangan va tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda tekshirilib, bolalarga nisbatan sodir etilgan 60 ta zo‘ravonlik holatlari yuzasidan 16 ta jinoyat ishi hamda 22 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.
Ota-onasi va boshqa yaqinlari bergan murojaatlar bo‘yicha 5 nafar bola xorijdan O‘zbekistonga olib kelinishiga, 1 nafar bola o‘z yurtiga, Rossiyaga qaytarilishiga erishildi.
RFning turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 16 nafar bola bo‘lib turgan shaharlarida barcha zarur shart-sharoitlar ta’minlanib, so‘ng O‘zbekistonga qaytarilgan.
Bolalar ombudsmani 2025 yilning birinchi yarmida 21 ta shaxsiy qabul o‘tkazib, qabullar davomida 87 nafar fuqaro murojaati ko‘rib chiqildi. Bolalar ombudsmani kotibiyati xodimlari 20 marotaba (fuqarolik, jinoyat va ma’muriy sudlarda) sud majlislarida bola manfaatlari yuzasidan kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.
Mavzuga oid

15:44 / 05.07.2025
YUNISEF: Ukrainada tobora ko‘proq bolalar urush qurboniga aylanmoqda

15:35 / 26.06.2025
“O‘rnimda boshqa odam bo‘lganda ham shu ishni qilardi” - bolakayni qutqargan YPX inspektori haqida

15:07 / 26.06.2025
Kosonda 2,5 yoshli bola xususiy bog‘chada vafot etdi

10:23 / 20.06.2025