Jamiyat | 14:20
715
1 daqiqa o‘qiladi

Jazirama kunlari tez yordamga salkam 250 mingta chaqiriq kelib tushdi

Iyulning jazirama issiq kuzatilgan kunlarida respublika bo‘yicha tez tibbiy yordam xizmatiga jami 247 ming 459 ta chaqiriq kelib tushdi. 

Foto: Kun.uz

Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoit G‘ofurovning ta’kidlashicha, jazirama ob-havo sharoitida, eng avvalo, surunkali kasalligi bo‘lgan, dispanser nazoratida turuvchi bemorlar, yosh bolalar, homilador ayollar va keksalar salomatligiga alohida e’tibor talab etiladi. Shu bois ular sog‘lig‘ini tibbiy nazoratga olish, zarurat bo‘lganda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish lozim.

Anomal issiq kuzatilgan davrda respublika bo‘yicha tez tibbiy yordam xizmatiga jami 247 ming 459 ta chaqiriq kelib tushgan. Ularning 172 ming 676 tasini shoshilinch ko‘rsatma, 65 ming 163 tasini esa surunkali kasalliklar bilan bog‘liq murojaatlar tashkil etgan.

Tegishli mas’ul tashkilotlar tomonidan ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarga anomal issiq havo sharoitida ehtiyot choralarini ko‘rish to‘g‘risida berilgan tavsiyalar tufayli chaqiriqlar soni undan oldingi haftaga nisbatan 1,2 foizga kamaydi.

Mavzuga oid