Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
90 yillik an’ana va innovatsiya uyg‘unligi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Ta’lim – har bir jamiyat taraqqiyotining yuragi. Bugun shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoda kasb tanlash nafaqat shaxsiy qaror, balki mamlakat kelajagiga qo‘shiladigan hissaga aylandi. Mana shunday muhim paytda pedagog kadrlar tayyorlash tizimini tubdan yangilash maqsadida 2025 yil 28 aprel kuni Prezident farmoni bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etildi.
An’analarga tayangan holda – yangi bosqich sari
Universitet 90 yillik tarixga ega bo‘lib, yangi modelga ko‘ra tubdan yangilanmoqda. Boshqaruv tizimi “Yangi O‘zbekiston” universiteti modeliga asoslangan. Mavjud fakultetlar negizida 6 ta zamonaviy pedagogika oliy maktablar tashkil etiladi. Hozirda universitetda 29 ta bakalavriat, 30 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud.
Ta’lim jarayoni nazariya bilan cheklanib qolmasligi, talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish asosiy maqsad qilib belgilangan. Ular maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar, kollej va texnikumlarda amaliyot o‘tashadi. 3-kursdan boshlab esa maoshli dual ta’lim dasturlari ishga tushiriladi.
Xalqaro imkoniyatlar va raqamli ta’lim
Universitet Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti ta’lim dasturlari asosida xalqaro modelni joriy qilmoqda. Darslar maxsus raqamli LMS tizimi orqali olib boriladi. Talabalar nufuzli xorijiy OTMlarda malaka oshirish, ilmiy tadqiqot va xalqaro tanlovlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega.
Nega aynan ushbu universitet?
- Zamonaviy infratuzilma va raqamlashtirilgan ta’lim jarayoni
- Ijtimoiy faollik va klublar: IT, sport, san’at, debatlar
- Bepul xorijiy til kurslari, zamonaviy yotoqxonalar
- Davlat grantlari asosida ta’lim olish imkoniyati
- Professor-o‘qituvchilarning xalqaro jamoasi
Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy
Veb-sahifa: https://uznpu.uz
📞 Aloqa uchun: (71) 202-44-21
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti — kelajak ustozlari uchun eng to‘g‘ri tanlov!
Reklama huquqi asosida