Britaniya buyurtmalar yo‘qligi bois Eurofighter Typhoon qiruvchilarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi
BAE Systems ko‘p maqsadli to‘rtinchi avlod Eurofighter Typhoon oxirgi samolyotini Qatarga yetkazib berishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: EPA/ JEON HEON-KYUN
Buyuk Britaniyaning yirik mudofaa kompaniyasi — BAE Systems ko‘p maqsadli to‘rtinchi avlod Eurofighter Typhoon qiruvchi samolyotlariga talab yo‘qligi bois, ularni ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘ydi, deb yozadi Financial Times.
Qayd etilishicha, hozirda Uortondagi zavod 2017 yilda imzolangan 5 milliard funt sterlingli buyurtma doirasida oxirgi samolyotni Qatarga yetkazib berishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. «Angarda bir dona qiruvchi qolgan. Aftidan, u jihozlanish va bo‘yalishini kutmoqda. Asosiy yig‘ish liniyasi to‘xtatilgan bo‘lib, u yerda ishchilar yo‘q», — deydi kasaba uyushmalari vakili.
Buyuk Britaniya hukumati 2009 yildan beri yangi Eurofighter Typhoon’ga buyurtma bermaydi, buning o‘rniga Amerikaning F-35 qiruvchilarini xarid qilishga qaror qilgan, Saudiya Arabistoni, Qatar va Turkiya bilan yangi eksport shartnomalari esa hozircha kelishilmagan. Talabning yo‘qligi BAE Systems’ni yaqin vaqt ichida Buyuk Britaniyaning Global jangovar aviatsiya dasturi doirasida yangi avlod qiruvchilarini yaratishdagi ishtirokidan mahrum qilishi mumkin.
Eurofighter Typhoon tarkibida BAE Systems, Airbus va Leonardo kompaniyalari bo‘lgan Yevropa konsorsiumi tomonigan ishlab chiqariladi. Bunda, har bir kompaniya alohida ehtiyot qismlarni ishlab chiqaradi va yakuniy yig‘ish jarayonlari ham o‘zlarining zavodlarida amalga oshiriladi.
Buyuk Britaniya o‘zining amaldagi Eurofighter Typhoon samolyotlarini modernizatsiya qilish, jumladan, yangi radarlar bilan jihozlash majrubiyatini olgan bo‘lsada, u konsorsiumdagi yangi model uchun buyurtma bermagan yagona davlat hisoblanadi.
Mavzuga oid

22:45 / 05.07.2025
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

14:55 / 03.07.2025
London va Berlin o‘zaro mudofaa shartnomasini imzolaydi

21:41 / 01.07.2025