Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shanhayda O‘zbekiston raqamli texnologiyalar markazi ochildi
Dunyodagi eng yirik innovatsion megapolislardan biri – Xitoyning Shanhay shahrida O‘zbekiston raqamli texnologiyalar markazining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo
O‘zbekiston raqamli texnologiyalar markazining ochilishi raqamlashtirish, yuqori texnologiyalar va innovatsion rivojlanish sohasidagi O‘zbekiston-Xitoy hamkorligini mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.
Markaz O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi bilan Xitoyning Shanghai Oriental Credits kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Loyiha axborot texnologiyalari sohasidagi kompaniyalar, investorlar, ekspertlar hamda O‘zbekiston va Xitoyning ilmiy va ta’lim muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Muassasa O‘zbekistonning texnologik salohiyatini ilgari surish, axborot texnologiyalari sohasida eksportga yo‘naltirilgan kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash, venchur va to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, qo‘shma ilmiy va ta’lim loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan ko‘p funksiyali platformaga aylanadi. Unda ekspert uchrashuvlari, startap taqdimotlari, o‘quv dasturlari va ikki davlatning raqamli ekotizimlari o‘rtasida tajriba almashish uchun tadbirlar o‘tkaziladi.
Shanghai Oriental Credits kompaniyasi prezidenti Xu Chuan Xua o‘z navbatida markaz ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, sarmoya jalb etish, ilg‘or bilim va texnologik yechimlar almashishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Mavzuga oid

19:12 / 15.07.2025
O‘zbekistonga yangi superkompyuter olib kelinadi

08:45 / 12.07.2025
Toshkent–Shanhay o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

20:18 / 01.07.2025
Shavkat Mirziyoyev raqamli texnologiyalar sohasidagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi

18:26 / 15.05.2025