Ozarboyjon Rossiya bilan ziddiyat kuchayishini istamaydi – Erdo‘g‘an
«Biz konstruktiv qadamlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz... Kavkaz endi yangi mojaroga toqat qila olmaydi», deb ta’kidladi Turkiya prezidenti.

Foto: Antonio Masiello / Getty Images
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ozarboyjonlik hamkasbi Ilhom Aliyev o‘z mamlakati bilan Rossiya o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish tarafdori ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu haqda Ozarboyjon prezidenti yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilgan.
«U ta’qiblar va bu masalani keskinlashtirish tarafdori emas. Men buni Ilhomning bayonotlaridan tushundim», dedi Erdo‘g‘an.
Turkiya prezidentining aniqlik kiritishicha, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Ilhom Aliyev bilan uchrashuv kun tartibiga Boku va Moskva munosabatlari masalasi kiritilgan.
«Biz konstruktiv qadamlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz... Kavkaz endi yangi mojaroga toqat qila olmaydi», deb ta’kidladi Erdo‘g‘an.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya keskin vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va tomonlarni munosabatlarga «tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazishning» oldini olishga chaqiradi.
Iyun oyi oxirida Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bir necha ozarbayjonlik qo‘lga olindi, ular qotillikda ayblanmoqda. Operatsiya shafqatsiz o‘tdi, qo‘lga olish paytida aka-uka Ziyoddin va Husayn Safarovlar halok bo‘ldi. Ozarboyjon hukumati voqeani qoralab, Rossiyadan aybdorlarning javobgarlikka tortishni talab qildi.
Bir necha kundan so‘ng, Bokudagi «Sputnik Azerbaydjan» axborot agentligi tahririyatida tintuv o‘tkazilib, agentlik rahbari Igor Kartavix va bosh muharrir Yevgeniy Belousov qo‘lga olindi. Ular giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi va kiberjinoyatchilikda gumon qilinmoqda.
Keyinroq, Rossiya va Ozarboyjonda shunga o‘xshash hibslar to‘lqini boshlanib ketdi.
Mavzuga oid

23:25 / 05.07.2025
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi

23:07 / 05.07.2025
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi

18:31 / 05.07.2025
«Afg‘onistonda tinchlik va normal davlatchilik bo‘lishiga eng ko‘p intilayotgan davlat – O‘zbekiston» - Kamoliddin Rabbimov

16:16 / 05.07.2025