Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Xonkendida Pokiston bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
Uchrashuv davomida Transafg‘on temiryo‘li qurilishini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

4 iyul kuni Xonkendi shahridagi Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston-Pokiston strategik sheriklik munosabatlarini qabul qilingan «yo‘l xaritasi» asosida yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Turli darajalardagi muloqotlar faol kechayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo hajmi, qo‘shma korxonalar va to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar ko‘paymoqda. Karachi va Lahorda savdo uylari tashkil etilgan.
Savdo-iqtisodiyot, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalaridagi kooperatsiya loyihalari va dasturlarini jadallashtirish, shu jumladan, Transafg‘on temiryo‘li qurilishini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va biznes forumini samarali o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.
Mavzuga oid

23:35 / 21.07.2025
Prezident energiya ta’minoti uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi

18:33 / 10.07.2025
Bu yil Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi

16:53 / 09.07.2025
Barcha tashkilot va mahallalardagi asossiz qo‘yilgan taqiqlovchi belgilarni olib tashlash topshirildi

16:33 / 09.07.2025