O‘zbekiston | 14:22 / 03.07.2025
571
2 daqiqa o‘qiladi

Melioratsiya bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining «Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish ishlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Foto: Getty images

Hujjat bilan sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar me’yorlari belgilangan:

  • meliorativ obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash hamda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha hududiy va manzilli dasturlarni shakllantirish, ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • dasturlarga kiritiladigan obektlar bo‘yicha loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish;
  • tugallangan obektlarda ishlarni qabul qilib olish.

Melioratsiya obektlarini qurish va rekonstruksiya qilish O‘zbekiston ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshiriladi.

Melioratsiya obektlarini tizimli ta’mirlash va tiklash loyihalari (melioratsiya obektlarining loyihaviy parametrlarini ta’minlash, shuningdek turli o‘simlik va butalardan tozalash, yon tomonlardagi eroziyani tiklash, yuvish, inshootlar va o‘rnatilgan konstruksiyalarni ta’mirlashga yo‘naltirilgan ishlar) Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan manzilli dastur asosida amalga oshiriladi.

Kelgusi yil uchun hududiy dasturlarni ishlab chiqish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan har yili 15 yanvarga qadar viloyat va tuman ishchi guruhlari tuziladi.

Mavzuga oid