Shavkat Mirziyoyev Bokuda tantanali kutib olindi
O‘zbekiston rahbarini Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev kutib oldi.

Boku shahridagi «Zagulba» qarorgohida Ozarboyjonga davlat tashrifi bilan borgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
Qarorgoh oldidagi maydonda ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Oliy martabali mehmonni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev kutib oldi.
Davlat madhiyalari yangradi. Harbiy orkestr sadolari ostida faxriy qorovul davlat rahbarlari oldidan saf tortib o‘tdi.
Birgalikda suratga tushilganidan so‘ng, O‘zbekiston va Ozarboyjon yetakchilarining tor doiradagi uchrashuvi boshlandi.
Mavzuga oid

21:25
Shavkat Mirziyoyev IHT sammitining madaniy tadbirlarida ishtirok etdi

18:33
Shavkat Mirziyoyev Mulla Abdul G‘ani Barodarni qabul qildi

17:23
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjonning Fuzuliy shahriga bordi

16:09