O‘zbekiston | 22:14 / 02.07.2025
4177
1 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjonda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi

Marosimda Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev ishtirok etdi. O‘zbekiston prezidenti ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik ramzi sifatida zallardan biriga Qorabog‘ nomini berishni taklif qildi.

Shavkat Mirziyoyevning Ozarboyjonga davlat tashrifi doirasida O‘zbekistonning Boku shahridagi elchixonasi yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

Tadbirda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev ishtirok etdi.

Yetakchilar ramziy tasmani kesib, diplomatik vakolatxonaning yangi binosini tantanali ravishda ochdi.

Davlat rahbarlari diplomatlarning ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan samarali faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Elchixona zallari O‘zbekiston hududlari nomi bilan atalgan. Shavkat Mirziyoyev ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik ramzi sifatida zallardan biriga Qorabog‘ nomini berishni taklif etdi.

Yakunda prezidentlar elchixonaning Faxriy mehmonlar kitobiga tilaklarini yozib qoldirdi.

Mavzuga oid