“Fitch Ratings” agentligi “Hududiy elektr tarmoqlari“ AJ ning xalqaro kredit reytingini "BB, BARQAROR" darajasiga oshirdi
Jahonda yetakchi reyting agentliklaridan biri hisoblangan Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xalqaro kredit reytingini “BB-” darajasidan “BB” darajaga oshirdi va “Barqaror” deb baholadi.

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari
Agentlikning 2025 yil 1 iyuldagi hisobotida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning xalqaro indikativ reytingini “BB” “Barqaror” darajaga oshirdi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, Xalqaro reyting agentligi tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning nafaqat moliyaviy-iqtisodiy va biznes strategiyasi holati, balki moliyaviy modeli barqarorligi hamda korporativ boshqaruv tizimi va boshqa yo‘nalishlari ham chuqur o‘rganildi va tahlil qilindi.
Ahamiyatlisi, mazkur reyting jahonning investitsiya bozorlarida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJni aniq va ravshan biznes strategiyasi, shaffof moliyaviy holati va kuchli korporativ boshqaruv tizimiga ega korxona sifatida tanitadi.
O‘z navbatida, qo‘lga kiritilgan mazkur yutuq kelgusida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning iqtisodiy barqarorligini yanada oshirishga xizmat qilish bilan birga, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda xorijiy kreditlarni davlat kafolatisiz to‘g‘ridan to‘g‘ri jalb qilish imkoniyatini beradi.
Jamiyat ushbu erishilgan yutuq bilan chegaralanib qolmaydi, albatta. Kelgusi yillarda reyting darajasini yanada oshirish hamda uni barqaror saqlab qolish yo‘lida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda mamlakatimiz elektr energetikasi tizimini izchil rivojlantirishga qaratilgan faoliyatini samarali davom ettirishga intiladi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 Het.uz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

15:00 / 17.05.2025
O‘zbekiston elektr taqsimlash infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun Jahon bankidan 100 mln dollar jalb qiladi

19:00 / 26.04.2025
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi

12:00 / 09.04.2025
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xitoyning energetik kompaniyalari bilan hamkorlikni yanada kuchaytiradi

17:00 / 02.04.2025