Britaniyalik qiz Atlantika okeanini qayiqda suzib o‘tib, uchta jahon rekordini o‘rnatdi
21 yoshli Zara Laklan eshkakli qayiqda Yevropadan Janubiy Amerikaga yolg‘iz sayohatni amalga oshirgan tarixdagi eng yosh insonga aylandi.

Foto: guinnessworldrecords.com
Zara Laklan ismli britaniyalik qiz eshkakli qayiqda Atlantika okeani bo‘ylab 7 ming kilometrni bosib o‘tgan holda, Yevropadan Janubiy Amerikaga yolg‘iz sayohatni amalga oshirgan tarixdagi eng yosh insonga aylandi. Bu ishi uchun u Ginnesning rekordlar kitobiga uchta nominatsiya bo‘yicha kiritildi.
21 yoshli Laklan o‘zining eshkakli qayig‘ida Portugaliyaning Lagush shahridan start olgan hamda 97 kun, 10 soat va 20 daqiqada Fransiya Gviannasi poytaxti Kayenna shahri qirg‘oqlariga yetib borgan.
Shunday qilib, u Atlantika okeanini bir materikdan ikkinchisiga eshkakli qayiqda suzib o‘tgan birinchi ayolga aylandi. Shuningdek, Laklan bu turdagi yolg‘iz sayohatni amalga oshirgan eng yosh sportchi va eng yosh inson deb ham topildi.
Zara o‘z sayohati davomida kuniga kamida 17 soat eshkak eshgan va uning har bir uyqusi davomiyligi 90 daqiqadan oshmagan.
«Bu hamma uchun emas, lekin men yoshman va bilamanki, o‘zimning shu qadar kam uxlashimga yo‘l qo‘ya olaman», — deydi Zara o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan.
Mavzuga oid

17:56 / 16.05.2025
Amerikalik ayol sochiga osilib turgan holda rekord o‘rnatdi

00:16 / 06.05.2025
Maldiv prezidenti matbuot anjumani davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam

11:56 / 06.02.2025