Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iyun oyida 0,2 foizlik deflyatsiya qayd etildi
Iyun oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,2 foizga pasaygan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning iyun oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,2 foizga arzonlashgan.
Yillik iste’mol narxlari indeksi (INI) 8,7 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu oyiga (2024 yil iyun — 10,6 foiz) nisbatan 1,9 foiz bandga pasaydi.
Iyun oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,1 foizga pasaygan, nooziq-ovqat tovarlari 0,2 foizga oshgan, aholiga ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar esa 0,8 foizga qimmatlashgani kuzatilgan.
Hisob-kitoblar uchun 10 mingdan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarida 170 mingga yaqin narxlar qayd etilgan.
420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.
Mavzuga oid

09:21 / 23.07.2025
Elektromobillar savdosining eng katta o‘sishi qaysi hududda qayd etilgani ma’lum bo‘ldi

15:11 / 21.07.2025
O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soni 5,5 milliondan oshdi

15:33 / 18.07.2025
Aholiga tegishli avtomashinalar soni ma’lum qilindi

08:25 / 17.07.2025