Jahon | 09:14
867
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh davlat kotibi G7 TIV rahbarlari bilan Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi

NATO sammitida vazirlar Eronning yadro qurolini yaratishiga yo‘l qo‘yish kerak emasligi haqidagi fikrni bildirdi.

Foto: REUTERS

AQSh davlat kotibi Marko Rubio NATO sammiti doirasida G7 davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashib, Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi, deyiladi AQSh Davlat departamenti tarqatgan bayonotda.

Bayonotga ko‘ra, tashqi ishlar vazirlari mintaqadagi mavjud vaziyatni, jumladan, AQShning Eron yadroviy inshootlariga bergan zarbalarini, ular prezident Donald Tramp tomonidan ma’qullanganini muhokama qilgan. Yig‘ilish ishtirokchilari «Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerak» degan fikrni ta’kidladi.

Bundan tashqari, vazirlar Isroil va Eron o‘rtasida barqaror tinchlikni ta’minlash bo‘yicha ehtimoliy qadamlarni muhokama qildi. Janubi-Xitoy dengizidagi vaziyatga ham alohida e’tibor qaratildi: tomonlar Xitoyning ushbu mintaqadagi harakatlariga javoban hamkorlikni chuqurlashtirish tarafdori bo‘ldi. Hind-Tinch okeani mintaqasida barqarorlikni ta’minlashda G7 davlatlarining roli muhokama qilindi.

Mavzuga oid