O‘zbekiston | 13:31
1383
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Bolt platformasini joriy etish rejalashtirilmoqda

Yirik shaharlardan birida pilot loyiha amalga oshiriladi va u kelajakda kengaytiriladi.

Foto: Turizm qo‘mitasi

Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev Londonda Bolt kompaniyasining hamkor bozorlar bo‘yicha global direktori Gert-Yan Kistemaker bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda Bolt platformasini ishga tushirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, taksi, oziq-ovqat va yuk yetkazib berish, elektrosamokatlar xizmati kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan platforma mahalliy aholi va xorijiy sayyohlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishi qayd etildi.

Tomonlar O‘zbekistonning yirik shaharlaridan birida pilot loyihani amalga oshirish va uni kelajakda kengaytirishga qiziqish bildirdi.

Mavzuga oid