Kun.uz muharriri Aziz Qarshiyev va siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov davlat mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston prezidenti 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni arafasida soha xodimlaridan bir guruhini davlat mukofotlari bilan taqdirladi. Xususan, Kun.uz muharriri Aziz Qarshiyev va saytning doimiy eksperti, siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.

Mukofotlanganlar – O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, fuqarolarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, so‘z va matbuot erkinligi, ochiqlik tamoyilini mustahkamlashga qo‘shayotgan munosib hissasi, global axborot maydonida milliy manfaatlarimizni himoya qilish, Yangi O‘zbekistonda erishilayotgan ulkan yutuqlarni keng targ‘ib etishdagi katta xizmatlari, yuqori malakali, zamonaviy jurnalist kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi samarali faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun e’tirof etildi.
Aziz Qarshiyev – tajribali jurnalist, O‘zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan. Kun.uz'da 2014 yildan buyon muharrir sifatida samarali faoliyat yuritib keladi. Bu yillar davomida saytimiz auditoriyasi juda ko‘plab mahalliy va xorijiy voqea-hodisalarga oid xabar va sharhlarni Aziz Qarshiyev muallifligida va tahririda o‘qib kelishmoqda.

Kamoliddin Rabbimov – taniqli siyosatshunos, mutafakkir. Uzoq yillardan buyon O‘zbekiston va dunyodagi siyosiy jarayonlarga ekspertlik munosabatini bildirib keladi. Mutaxassis 2023 yil fevralidan buyon Kun.uz bilan yaqin hamkorlikda ishlab kelmoqda va saytimizda o‘z mualliflik kolonkasiga ega.
Prezident farmoni asosida taqdirlanganlar ro‘yxati:
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan
- Doniyorov Salim Musurmonovich – «Yangi O‘zbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari tahririyati bosh muharriri
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
- Mirzaaliyev Ikboljon Mirzakarimovich – «Jadid» gazetasi bosh muharriri
«Do‘stlik» ordeni bilan
- Amangeldiyeva Raixan Kdirbayevna – MTRK Nukus teleradiomarkazi filiali tasvir yozish guruhi katta elektr mexanigi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
- Kenjayeva Zohida Abdullayevna – To‘raqo‘rg‘on tumani «Davr» gazetasi muharriri, Namangan viloyati
- Matyoqubov Kamol – «Adolat» gazetasi muxbiri
- Mirsharipov Farhodjon Arislonovich – Farg‘ona viloyati teleradiokanali bosh muharririning o‘rinbosari, So‘x telekanali guruh rahbari
- Oripov Shuhratjon Orip o‘g‘li – Biznesni rivojlantirish banki axborot xizmati rahbari
- Rahimov Abdujalol Abduziyodovich – Chinoz tumani «Chinoz hayoti» gazetasi bosh muharririning o‘rinbosari, Toshkent viloyati
- Titchuk Andrey Georgiyevich – MTRKning «Dunyo bo‘ylab» telekanali axborot-informatsion dasturlar muharririyati montajchisi
- O‘rinboyev Saydulla Mardonovich – MTRKning «Madaniyat va ma’rifat» telekanali teleoperatorlar guruhi teleoperatori
- Xasanov Haydar Hotamjonovich – MTRKning «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi direktori o‘rinbosari
- Hasanov Ro‘zimboy – «XXI asr» gazetasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo‘yicha muxbiri
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
- Nurmatov Akbar Normatovich – O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining YuNeSKO va ixtisoslashgan media kafedrasi mudiri
- Xolbekova Bahor Shoyimovna – «Ishonch» va «Ishonch-Doveriye» gazetalarining Sirdaryo viloyati bo‘yicha muxbiri
«Sog‘lom turmush» medali bilan
- Jumayev Ibrohim – Navoiy viloyati «Salomatlik» gazetasi muharriri
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
- G‘iyosov Mirali Abdulloh o‘g‘li – Toshkent shahridagi «Sharoit plus» nodavlat notijorat tashkiloti loyiha menejeri
«Shuhrat» medali bilan
- Abilov Fazliddin Ibragimovich – «Xalq so‘zi» va «Narodnoye slovo» gazetalari tahririyati bosh muharririning o‘rinbosari
- Avazov Dilmurod Botirovich – «Oriat Dono» radiosi musiqa muharriri
- Odilova Munojot Asrorovna – Daryo.uz internet nashrining tahrir bo‘limi musahhihi
- Asanov Eldor Anvarovich – «Asanov formati» Telegram-kanali asoschisi, bloger
- Ahatov Sobit Temirovich – Xabar.uz internet nashrining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalar bo‘limi muharriri
- Gapirova Nigora Umrzoqovna – «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining muqovalash sexi muqovalovchisi
- Jumayev Hidoyat Inoyatovich – Buxoro viloyati teleradiokanalining ijodiy ishlab chiqarish guruhi teleoperatori
- Qarshiyev Aziz Rajabovich – Kun.uz internet nashri muharriri
- Koraboyev Shamshidin – Farg‘ona viloyati ommaviy axborot vositalari faxriylar kengashi faoli, fotosuratchi
- Madatova Zilola Muhamadaliyevna – «Ma’rifat» gazetasi bosh muharririning o‘rinbosari
- Makarenko Nikita Anatolevich – Ijtimoiy tarmoqlardagi «Effekt Makarenko» sahifasi asoschisi, bloger
- Mamatrayimov Xolmo‘min Norqobilovich – O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Surxondaryo viloyati bo‘yicha sharhlovchisi
- Mo‘minova Gulruh Komilovna – Samarqand viloyati «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalari tahririyati maxsus muxbiri
- Muslimov Shuhrat Zikrullayevich – «O‘zbekiston MTRK teleradiomarkazi» davlat muassasasi televideniye va radio ko‘chma texnika xizmati boshlig‘i
- Nur Ahmad Hojiboy o‘g‘li – Toshkent shahridagi «SAS-Media» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari
- Rabbimov Kamoliddin Muhiddinovich – «Kamoliddin Rabbimov» Telegram-kanali asoschisi, siyosatshunos va bloger
- Rahimov Sarvarjon Hamidjonovich – MTRKning «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi siyosiy sharhlovchisi
- Rashidova Nargizaxon Rashidovna – «Mening yurtim» telekanali efirga uzatish bo‘limi muharriri
- Sakayeva Elina Ibragimovna – Gazeta.uz internet nashri muharriri
- Samatova Salima Abdunazarovna – Kasbi tumani axborot-kutubxona markazining abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi mutaxassisi, Qashqadaryo viloyati
- Hamidov Xayrulla Ubaydullayevich – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Sport» ijodiy birlashmasi sharhlovchisi
- Sherova Laziza Shomilovna – «O‘zbekiston ovozi» gazetasining parlament faoliyati bo‘limi mudiri
- Yoqubjonova Nilufar Oybekovna – Andijon viloyati teleradiokanalining radio guruhi katta muharriri
Mavzuga oid

21:19 / 23.06.2025
Eron mazlum maqomini saqlab qolishga harakat qiladi - Rabbimov

10:43 / 09.05.2025
Media sohasini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi

20:58 / 02.05.2025
O‘zbekiston matbuot erkinligi indeksida 148-o‘rinda qoldi

10:05 / 02.05.2025