Toshkent aeroportida qizlarni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natish bilan shug‘ullangan ayol ushlandi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirida fuqaro Siddiqova ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishgan ayolning ishonchiga kirib, unga xorijda katta daromadli ish va’da qilgan holda Turkiyaga olib ketayotganida poytaxt IIBB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Uning buyumlari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, Siddiqovaning yonidan xorijga chiqish pasportlari, Toshkent—Istanbul yo‘nalishidagi reysga aviachiptalar hamda mobil telefonlar topilgan.
«Turkiyada 5 yildan beri yashab kelaman. 20 kun oldin O‘zbekistonga keldim… Telefon nomerini tashladi, WhatsAppʼdan yozdim… Qiz ham rozi bo‘ldi. Aeroportda chiqib ketmoqchi bo‘lganimizda ichki ishlar xodimlari ushlab, bizni Chilonzordagi IIBga olib keldi. Men uni Turkiyaga olib borib, shaharni, tilni bilmagani uchun hamma narsani tushuntirib qo‘yishim kerak bo‘lgan», — deydi u.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

07:23 / 23.06.2025
Turkiya: AQShning Eron yadro inshootlariga aviazarbasi Yaqin Sharqda tartibsizlikka olib keladi

12:42 / 21.06.2025
Turkiya yetakchisi Armaniston bosh vaziri bilan tarixiy uchrashuv o‘tkazdi

22:21 / 30.05.2025
Turkiyada fohishalikka majburlab kelingan 3 nafar o‘zbekistonlik ayol deportatsiya qilindi

00:30 / 27.05.2025