Shavkat Mirziyoyev eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriq berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 23 iyun kuni tashqi savdo va transport-logistika sohalarida kechiktirib bo‘lmaydigan choralar muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
So‘nggi kunlarda Yaqin Sharqda ro‘y bergan harbiy harakatlar shundoq ham notinch vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Bu O‘zbekistonning jahonga chiqish yo‘llariga va tashqi savdo aloqalariga salbiy ta’sir etmay qolmaydi.
Shu bois vaziyatni to‘g‘ri baholab, tashqi savdo, investitsiya, transport sohalarida tezkor choralar ko‘rish shartligi qayd etildi.
Xususan, eksport yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish, yuklarni boshqa xavfsiz portlarga ko‘chirish zarur. Bu esa, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tashish xarajatining 30 foizgacha oshishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois hamkor davlatlar bilan muqobil yo‘llarni kelishish, eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Transport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda boshqa daxldor idoralar rahbarlariga tadbirkorlik sub’yektlari bilan yaqindan ishlab, eksport-import amaliyotlariga ko‘maklashish, mahsulotlariga qo‘shimcha bozorlar topish vazifasi qo‘yildi. Shu bilan birga, ishlab chiqarishni izchil davom ettirish, ichki bozorda narx barqarorligini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
Mavzuga oid

15:15
Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga tashrifi yakunlandi

14:50
Mo‘g‘ul yoshlarining O‘zbekistonda ta’lim olishi qayta tiklanadi

13:06
6,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi, keskin oshib borayotgan gaz eksporti – O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi

19:42 / 24.06.2025