Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaman husiylari Qizil dengizdagi AQSh kemalariga hujumlar uyushtirish niyatida
Husiylar Erondagi yadro obektlariga berilgan zarbalarga javoban AQSh kuchlariga hujum boshlashi mumkin. Ular Isroil tomonidan hujumga uchraydigan har qanday arab yoki islom davlatini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Foto: Khaled Abdullah / Reuters
Yaman husiylari Eron yadro obektlariga berilgan zarbalarga javoban Qizil dengizda AQSh kuchlariga hujumlar boshlash niyatida. Bu haqda husiylar siyosiy byurosining a’zosi Muhammad al-Buheyti Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Al-Buheytining ta’kidlashicha, birinchi bosqichda Qizil dengizdagi AQSh kemalariga hujumlar uyushtiriladi. «Ansar Alloh» harakati vakilining so‘zlariga ko‘ra, may oyida AQSh va husiylar o‘rtasida erishilgan sulh o‘z kuchini yo‘qotgan. O‘shanda husiylar Yaman hududiga o‘t ochishlar to‘xtatilishi evaziga Amerika harbiy kemalariga hujumlar uyushtirmaslik majburiyatini zimmasiga olgandi.
Bundan tashqari, harakat vakilining ogohlantirishicha, agar AQSh Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaroga aralashadigan bo‘lsa, isyonchi kuchlar mintaqadagi Amerika manfaatlariga zarbalar beradi. Oldinroq husiylar o‘z harakatlarini Islom inqilobi muhofizlari korpusi kuchlari bilan muvofiqlashtirgani va Isroilga gipertovushli raketalar orqali zarbalar uyushtirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
AQSh prezidenti Donald Trampga ko‘ra, Amerika zarbalari yadroviy tahdidga barham berish maqsadida Eronning uranni boyitishga mo‘ljallangan uchta obektiga yo‘naltirilgan. Bunga javoban husiylar Isroil tomonidan hujumga uchraydigan har qanday arab yoki islom davlatini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Mavzuga oid

13:10 / 31.07.2025
AQSh 2018 yildan beri Eronga qarshi eng ko‘p sonli sanksiyalar kiritdi

21:22 / 29.07.2025
HAMASga ta’siri eng kuchli davlatlar qaysilar?

10:42 / 29.07.2025
Tramp Eron yadroviy obektlarini yana «yakson etish» bilan tahdid qildi

08:27 / 28.07.2025