Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rta Chirchiqda hojatxonaga tushib ketgan bolani qutqargan yigit taqdirlandi
Yigit bolani bir necha soniya ichida qutqarib olib, hayotini saqlab qolgan.

Foto: FVB
Toshkent viloyati, O‘rta chirchiq tumanida hojatxonaga tushib ketgan bolani qutqargan yigit taqdirlandi.
FVB xabariga ko‘ra, 17 iyun kuni Bunyodkor mahallasi, Izzat ko‘chasidagi uylarning birida yashovchi ayol farzandi hojatxonaga tushib ketganini ko‘rib, baland ovozda yordamga chaqirgan. Buni eshitgan qo‘shni yigit darhol yordamga kelib, bolani bir necha soniya ichida qutqarib olib, hayotini saqlab qolgan. Uning ismi-sharifi xabarda keltirilmagan.
Toshkent viloyati FVB rahbariyati inson hayotini saqlab qolgan fuqaroga minnatdorlik bildirib, tashakkurnoma va esdalik sovg‘asini topshirdi.
Mavzuga oid

12:37 / 15.07.2025
Oqqo‘rg‘onda Labo’ga suv to‘ldirib, cho‘milganlar 12 sutkaga qamaldi

11:06 / 15.07.2025
Toshkent viloyatida sifatsiz benzin sotgan zapravkaga nisbatan chora ko‘rildi

16:44 / 09.07.2025
Toshkent viloyatidan qatnovchi avtobuslar yo‘nalishi poytaxt ichkarisigacha uzaytiriladi

09:54 / 09.07.2025