2024 yilda O‘zbekistondan Rossiyaga borgan migrantlar soni ma’lum bo‘ldi
Qariyb 1,5 million o‘zbekistonlik 2024 yilda Rossiyaga borgan, bu umumiy migrantlar ulushining 23,3 foiziga teng.

Foto: RIA Novosti
2024 yilda Rossiyaga 6,3 millionga yaqin migrant kelgan bo‘lib, ularning yarmi ishga joylashish maqsadida, dedi Rossiya IIV Migratsiya masalalari bosh boshqarmasi boshlig‘i Valentina Kazakova.
«Biz pandemiyadan oldingi ko‘rsatkichlarga qaytdik. 6,3 millionga yaqin chet el fuqarolari keldi. Bu fuqarolarning 50 foizga yaqini ishga joylashish maqsadida kelgan», dedi u Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi chiqishida.
Xorijliklarning 23,3 foizini O‘zbekiston fuqarolari tashkil qilgan, bu qariyb 1,5 millionga teng.
Shuningdek, 16,7 foizini Tojikiston, 10,4 foizini Qirg‘iziston, 9,5 foizini Belarus fuqarolari tashkil etgan
Mavzuga oid

14:56
Kreml: Ukraina bilan halok bo‘lganlar va asirlarni almashish bo‘yicha o‘zaro tushunish yo‘q

11:39
Latviya Rossiya va Belarus fuqarolariga ko‘chmas mulk sotib olishni taqiqladi

11:09
Nabiullina: Rossiya iqtisodiy o‘sishi uchun ko‘plab resurslar tugadi

09:54