Sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan dorilar savdoga chiqarilishining oldi olindi
Fuqaro va uning o‘g‘lining Olmazor tumanidagi yashash manzili ko‘zdan kechirilganda, xonadon yerto‘lasida umumiy qiymati 1 mlrd so‘mdan ortiqni tashkil etuvchi “Trenaksa”, “Sumamigren”, “Femileks” kabi jami 72 nomdagi 3615 quti dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Foto: Videodan kadr
Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, ota-bolalar mamlakatga noqonuniy olib kelingan bunday dori vositalarini muntazam ravishda vodiy viloyatlaridan arzon narxda xarid qilib, poytaxtdagi mijozlarga sotish bilan shug‘ullangan.
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining xulosasiga ko‘ra, ushbu dori vositalari davlat reyestrida qayd etilmagan, muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmagan hamda ularni maxsus sharoitlarda saqlashning belgilangan qoidalariga amal qilinmagan. Shu sababli mazkur dori vositalarini saqlash, sotish, tashish va tibbiyotda qo‘llash taqiqlanadi.
Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-186-3-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur yo‘nalishda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent shahridagi dorixonalardan birida sotish uchun saqlab kelinayotgan, shubha uyg‘otuvchi 456 turdagi 57407 dona dori vositalari, 18 turdagi 835 dona dori vositalarining yasama bo‘sh qutilari hamda 1 dona dori tayyorlash moslamasi mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, dori vositalarning umumiy qiymati 3,5 mlrd so‘mni tashkil qiladi.
Shuningdek, ushbu dori vositalarining 160 turdagisi davlat reyestrida qayd etilmagani, 274 turdagisiga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmagani, 50 turdagisi sifatsiz, yaroqlilik muddati o‘tgan hamda 7 turdagisi esa qalbakilashtirilgani ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan dorixona mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

11:36 / 17.06.2025
Toshkentda sifati kafolatlanmagan dorini 16 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

12:11 / 10.06.2025
Kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning muomalaga kiritilishi oldi olindi

15:50 / 08.06.2025
O‘zbekistonda dorilar Qozog‘istonga qaraganda qimmat – farmatsevtika bozoriga qanday omillar ta’sir qilyapti?

10:06 / 07.06.2025