Tel-Aviv yaqinida turar joy binosi vayron bo‘ldi
Qurbonlar soni ortmoqda.

JACK GUEZ/AFP
Eronning 15 iyunga o‘tar kechasi Isroil bo‘ylab raketa zarbalari oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘lib, 200 dan ortiq kishi yaralangan. Bu haqda The Times of Israel nashri «Magen David Adom» qutqaruv xizmatiga tayanib xabar tarqatdi.
Tel-Aviv chekkasidagi Bat-Yam shaharchasida ballistik raketa ko‘p qavatli turar joy binosiga kelib urildi. Tarmoqlarda uyga zarba berilishi aks etgan videoyozuv paydo bo‘lgan.
Isroil rasmiylariga ko‘ra, Bat-Yamdagi uyga berilgan zarba oqibatida olti kishi, jumladan, sakkiz yoshli qizcha halok bo‘lgan. 180 ga yaqin kishi jarohatlangan. Yetti kishi bedarak yo‘qolgan.
Qutqaruvchilar xarobalar ostidan omon qolganlarni qidirmoqda.
Isroil shimolidagi Tamra shahriga berilgan zarba oqibatida, rasmiylarga ko‘ra, to‘rt kishi halok bo‘lgan. Tamra asosan arablar yashovchi shahar bo‘lib, Hayfadan taxminan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan. Halok bo‘lganlarning barchasi musulmon bo‘lgan arab ayollaridir.
Mamlakatning markaziy qismidagi Rexovot shahrida Eron zarbasi oqibatida 40 kishi yaralandi, deya xabar berdi rasmiylar. Rexovotdagi Veysman ilmiy-tadqiqot instituti qoshidagi tadqiqot markazi Eron kuchlari zarbasidan jiddiy zarar ko‘rdi va yonib ketdi, deb xabar berdi The New York Times gazetasi guvohlarga tayanib.
Islom inqilobi muhofizlari korpusi Eronning raketa zarbalarining so‘nggi to‘lqini paytida Isroil qiruvchi samolyotlari uchun yoqilg‘i ishlab chiqarish obektlari va Isroilning energetika ta’minoti markazlariga zarba berilgani va yo‘q qilinganini ma’lum qildi, deb yozadi Tasnim.
Isroil va Eron 13 iyundan boshlab bir-birining hududiga zarbalar bermoqda. Isroil harbiylari mamlakat yadro dasturini yo‘q qilish maqsadida Eron hududiga hujum boshlagandi. Zarbalar oqibatida harbiylar, olimlar va tinch aholi vakillari halok bo‘lgan. Eron ham bunga javoban Isroil hududiga zarbalar bermoqda.
Mavzuga oid

21:42 / 15.06.2025
Eronning ajalvor hujumi va Tehronda navbatdagi portlashlar. Urushning uchinchi kunidagi asosiy voqealar

14:13 / 15.06.2025
Isroil Eron mudofaa vazirligi binosiga va Tehrondagi asosiy neft omboriga hujum qildi

10:46 / 15.06.2025
Yaqin Sharqdagi «porox to‘ldirilgan bochka». Isroil va Eron ziddiyati tarixi

08:39 / 15.06.2025