Eron Isroilga yangi raketalar to‘lqinini uchirdi
Hujumlarning asosiy nishonlari Hayfa va Tel-Aviv bo‘lgan. Manbalar hayfada 5 kishi, poytaxtda yana bir ayol halok bo‘lgani haqida xabar bergan. Shuningdek, turli joylarda yuzdan ortiq kishi yaralangan.

15 iyunga o‘tar kechasi ikki tomon ham Isroil raketa zarbalari ostida qolgani haqida xabar berdi.
Eron davlat televideniyesi 100 dan ortiq raketa (ularning turiga aniqlik kiritilmagan), shuningdek, dronlar uchirilganini ma’lum qildi. Tel-Aviv va Hayfa shaharlari asosiy nishonlar bo‘ldi.
Isroil mudofaa armiyasi ham raketa uchirilishi qayd etilganini ma’lum qildi va havo trevogasini e’lon qildi. Havo trevogasi sirenalari Iordaniya poytaxti Oman shahrida ham ishga tushdi.
Hujum boshlanganidan bir soatga yaqin vaqt o‘tib Isroil armiyasi frontorti qo‘mondonligi aholiga boshpanalarni tark etishga ruxsat berdi.
CNN telekanali Isroil yong‘in-qutqaruv xizmatidagi manbasiga asoslanib, Isroil markazida ko‘plab turar joy binolari Eron zarbalari oqibatida shikastlangani, xususan, Dan shahridagi sakkiz qavatli bino hamda shu hududdagi yana bir ko‘p qavatli uyga jiddiy zarar yetgani haqida xabar berdi.
Magen David Adom tibbiy xizmati Isroil shimolidagi G‘arbiy Galileydagi ikki qavatli uyga zarba berilishi oqibatida 20-30 yoshlar oralig‘idagi ayol kishi halok bo‘lganini xabar qildi. Shuningdek, shu joyda yashagan yana yetti kishi shifoxonaga olib borilgan.
Mahalliy agentliklar Eron tomonidan zarbalarning ikki to‘lqini kelgani, Hayfa o‘qqa tutilishi oqibatida besh kishi halok bo‘lib, 20 kishi jarohatlangani haqida xabar berdi. Shuningdek, Yahudiya tog‘oldi hududida 24 kishi yaralangan.
Tel-Avivda ham 65 kishi yaralangan, shifoxonaga yotqizilganlarning uch nafari og‘ir ahvolda, 5 kishining ahvoli o‘rta og‘irlikda, 57 nafari — yengil jarohatlangan.
Shfela hududida yana 28 kishi jarohatlangan.
Mavzuga oid

14:13
Isroil Eron mudofaa vazirligi binosiga va Tehrondagi asosiy neft omboriga hujum qildi

13:22
Tel-Aviv yaqinida turar joy binosi vayron bo‘ldi

10:46
Yaqin Sharqdagi «porox to‘ldirilgan bochka». Isroil va Eron ziddiyati tarixi

08:39