O‘ta yirik miqdordagi firibgarlikda ayblanayotgan fuqaro Toshkent aeroportida ushlandi
Interpol kanallari orqali olib borilgan hamkorlik natijasida O‘zbekiston Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan o‘ta yirik miqdordagi firibgarlikda ayblanayotgan fuqaro qo‘lga olindi.

Foto: IIV
Qayd qilinishicha, Toshkent Xalqaro aeroport hududida Milliy markaziy byuro xodimlari tomonidan Birlashgan Arab Amirliklaridan deportatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarosi ushlandi. U O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari tashabbusi bilan o‘ta yirik miqdordagi firibgarlikda ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ayblanuvchi chet elga qochib, tergovdan yashiringan va xalqaro qidiruvga e’lon qilingan.
Interpol kanallari orqali BAA huquqni muhofaza qilish organlari bilan muvofiqlashtirilgan hamkorlik harakatlari natijasida, qidiruvdagi shaxs Birlashgan Arab Amirliklari hududida ushlandi va keyingi tergov tadbirlarini o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasiga chiqarib yuborildi.
Mavzuga oid

23:33 / 03.07.2025
Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi

18:14 / 28.06.2025
Xalqaro qidiruvdagi shaxs Polshadan O‘zbekistonga qaytarildi

22:12 / 25.06.2025
Qidiruvda bo‘lgan 12 nafar o‘zbekistonlik BAAdan ekstraditsiya qilindi

20:23 / 19.06.2025