OAV: Isroil zarbalari oqibatida Tehronda 78 kishi halok bo‘lib, 300 dan ortiq kishi yaralandi

Foto: Getty Images
Isroil zarbalari oqibatida Tehron viloyatida 78 kishi halok bo‘lib, 329 kishi tan jarohati olgan. Bu haqda Eronning Fars, NourNews va Mehr agentliklari xabar tarqatdi.
Shu bilan birga, Fars bu «norasmiy ma’lumot» ekanini qayd etgan. Eron hukumati Isroilning butun mamlakat bo‘ylab berayotgan zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar va yaralanganlar to‘g‘risida hozircha ma’lumot bermadi.
Ayrim manbalarga ko‘ra, Isroil hujumlari oqibatida butun Eron hududlari bo‘ylab tinch aholi vakillaridan kamida 104 kishi halok bo‘lib, 376 kishi jarohatlangan.
Avvalroq Qizil yarim oy jamiyatining Erondagi bo‘limi mamlakatning 12 viloyatida hujumlar oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lib, 95 kishi yaralanganini xabar qilgandi.
Isroil 13 iyunga o‘tar kechasi Eron yadroviy dasturi bilan bog‘liq nishonlarga davomli zarbalar berishni boshladi. Amaliyot davomida Islom inqilobi muhofizlari korpusining yuqori lavozimli mulozimlari, jumladan korpus bosh qo‘mondoni Husayn Salomiy o‘ldirilgan. Reuters manbasiga ko‘ra, Eronning kamida 20 nafar yuqori martabali harbiysi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid

16:05
O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida aviaqatnovlar to‘xtatildi

15:47
AEXA rahbari yadroviy xavfsizlikni ta’minlash uchun Eronga borishga tayyor

13:56
«Eronning hujumi zarurat tug‘ilgunicha davom etadi» - general Ahmad Vahidi

11:39