Jahon | 23:46 / 13.06.2025
35568
1 daqiqa o‘qiladi

Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi

Isroil bo‘ylab havo hujumi sirenalari yangradi, Tel-Aviv shahrida portlash ovozlari eshitildi.

Foto: Videodan kadr

Isroil mudofaa kuchlari (IDF) 13 iyun kuni kechqurun Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirganini e’lon qildi.

«Mudofaa tizimlari tahdidni bartaraf etish ustida ishlamoqda. Aholidan xavfsiz hududlarda boshpana topish va keyingi ogohlantirishgacha u yerda qolish so‘raladi», deyiladi IDF bayonotida.

Eron Isroilga qarata 100 ga yaqin raketa uchirdi, deb xabar berdi The Times of Israel harbiy manbaga tayanib.

Isroil bo‘ylab havo hujumi sirenalari yangradi.

Shu bilan birga, Eronning raketa hujumidan so‘ng Tel-Aviv shahrida portlash ovozlari eshitildi, deb xabar berdi Reuters.

Raketa zarbasidan keyin Tel-Aviv uzra tutun ko‘tarildi, deb yozdi The Times of Israel.

IDF xabariga ko‘ra, Eron Isroilga o‘nlab ballistik raketalarni uchirgan.

Talofatlar va qurbonlar haqida ma’lumot berilmadi.

Mavzuga oid