Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya O‘zbekiston notasidagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqmoqda – Mariya Zaxarova
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining Rossiyada o‘zbekistonlik fuqarolarni tintuv qilish va noto‘g‘ri munosabatda bo‘lish bilan bog‘liq vaziyatga nisbatan xavotirda ekani qayd etilgan diplomatik nota tegishli idoralar tomonidan o‘rganilayotgani aytildi.

Foto: Rossiya TIV
Rossiya tomoni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi notasidagi ma’lumotlarni diqqat bilan ko‘rib chiqmoqda va o‘zbekistonlik hamkorlarning tegishli so‘rovi vakolatli organlarga yuborildi. Olingan obektiv ma’lumotlar belgilangan tartibda Toshkentga yuboriladi, dedi Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova.
Avvalroq O‘zbekiston diplomatik departamenti matbuot kotibi Ahror Burxonov mamlakat TIV Rossiyada o‘zbekistonlik fuqarolarni tintuv qilish va noto‘g‘ri munosabatda bo‘layotganidan xavotirda ekani, shu munosabat bilan O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga tushuntirish so‘rab nota yuborgani haqida xabar bergandi.
«O‘zbekiston elchixonasidan notani olganimiz munosabati bilan undagi ma’lumotlarni sinchiklab o‘rganmoqdamiz. Shuni ta’kidlashni istardimki, bizda huquq-tartibot va boshqa xizmatlar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa kanallari mavjud. Ittifoqchilar o‘rtasidagi an’anaga ko‘ra, suhbat samimiy bo‘lib, har qanday signal sinchkovlik bilan ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston tomonining yuqorida qayd etilgan so‘rovi, olingan ma’lumotlar bo‘yicha obektiv tarzda organlarga xabar qilinadi», dedi diplomat.
«Avvalo, biz O‘zbekiston bilan mustahkam ittifoqchilik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlariga ega ekanimizni va ikki tomonlama munosabatlarning barcha masalalariga shu nuqtai nazardan yondashayotganimizni ta’kidlamoqchimiz», dedi diplomat.
8 iyun kuni Rossiya huquq-tartibot tuzilmalari Moskvada va Sankt-Peterburgda o‘tkazgan reyd tadbirlarida migrantlarga qo‘pol munosabatda haqoratlab, kuch ishlatgani ma’lum bo‘ldi. Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi holat nazoratga olinganini aytib, jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lsa murojaat qilishni so‘ragan edi.
Mavzuga oid

21:19 / 26.07.2025
Rossiyaning yagona aviatashuvchisi «Admiral Kuznetsov» konservatsiya qilinadi

21:14 / 26.07.2025
Ozarboyjon Rossiyadan AZAL samolyoti halokati uchun javobgarlikni tan olishni talab qildi

18:40 / 26.07.2025
Rossiya va Ukraina Putin va Zelenskiy uchrashuvi haqida kelishib oldi – Turkiya TIV

11:06 / 26.07.2025