Los-Anjyelesning bir qismida tartibsizliklar tufayli komendantlik soati joriy etildi
Los-Anjyelesdagi norozilik namoyishlari paytida komendantlik soati bir kvadrat milya maydonda aholi, jurnalistlar va favqulodda xizmatlardan tashqari hamma uchun joriy etilmoqda, dedi mer.

Foto: AP/Scanpix/LETA
Los-Anjyelesda (Kaliforniya) shahar markazida davom etayotgan norozilik namoyishlari tufayli komendantlik soati joriy qilinmoqda. Bu haqda 10 iyun, seshanba kuni Amerikaning CBS teleradiokompaniyasining axborot bo‘limi – CBS News iqtibos keltirgan shahar meri Karen Bass ma’lum qildi.
«Men favqulodda holat e’lon qildim va Los-Anjyeles markazida vandalizm va talonchilikni to‘xtatish uchun komendantlik soati joriy qildim», dedi Bass.
AFP xabariga ko‘ra, komendantlik soati bir kvadrat milya (2,5 kvadrat kilometr) maydonga tatbiq etiladi. Shaharning umumiy maydoni 500 kvadrat milyadan oshadi. Kirish 10 iyun soat 20:00 dan 11 iyun 6:00 ga qadar (Toshkent vaqti bilan 11 iyun 8:00 dan 18:00 gacha) mahalliy aholi, jurnalistlar va favqulodda xizmatlardan tashqari hammaga yopiladi, deya qo‘shimcha qildi u. Politsiya boshlig‘i Jim Makdonnelning so‘zlariga ko‘ra, uysizlar ham komendantlik soatidan ozod qilingan.
«Agar siz Los-Anjyeles markazida yashamasangiz yoki ishlamasangiz, hududga yaqinlashmang. Huquq-tartibot idoralari komendantlik soatini buzgan har qanday odamni hibsga oladi va siz javobgarlikka tortilasiz», — deya qo‘shimcha qildi mer.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap 5-avtostrada, 110-avtostrada, 10-avtostrada hamda 5- va 110-avtostradalarning kesishmasi bilan chegaralangan hudud haqida bormoqda.
«Ba’zi norozilik va zo‘ravonlik tasvirlari bu butun shahar inqirozi degan taassurot uyg‘otadi, ammo unday emas», deya qo‘shimcha qildi mer.
Mavzuga oid

15:32 / 12.06.2025
Los-Anjyeles meri AQSh hukumatini shahar ustidan tajriba o‘tkazishda aybladi

22:34 / 10.06.2025
Los-Anjyelesdagi tartibsizliklar: xalqni qo‘zg‘atgan mish-mishlar, Trampning o‘jarligi va hozir nima bo‘layotgani haqida

13:58 / 10.06.2025
Tramp norozilik namoyishlari tufayli Los-Anjyelesga qo‘shinlarni kiritishga chaqirdi

08:40 / 10.06.2025