Kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning muomalaga kiritilishi oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Unda, qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar D.M., M.A. va N.G‘. “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelgan Lacetti rusumli avtomashinada xorijda ishlab chiqarilgan 19 dona “Tropikamid” hamda 14 dona “Regopen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini Toshkent shahrida sotish maqsadida olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Zomin tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda "F.F." xususiy korxonasiga qarashli dorixona ish yurituvchisi X.T. fuqaro X.A.ga xorijda ishlab chiqarilgan 14 quti kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini shifokor retseptisiz 4,2 mln so‘mga sotib, dori vositalari uchun to‘lovni o‘zining bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Nukus tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.S. fuqaro D.S.ga 38 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

12:13 / 03.07.2025
Zangiotada sifatsiz dori vositalari va buyumlari savdosiga chek qo‘yildi

08:45 / 18.06.2025
Sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan dorilar savdoga chiqarilishining oldi olindi

11:36 / 17.06.2025
Toshkentda sifati kafolatlanmagan dorini 16 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

15:50 / 08.06.2025