Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
90 kundan ortiq chet elda bo‘lgan fuqarolar majburiy ravishda OIVga tekshiruvdan o‘tkazilishi mumkin
Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Foto: Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
Qonun loyihasi inson uchun xavfli bo‘lgan yuqumli kasalliklar oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda 90 kundan ortiq muddatda chet elda bo‘lib qaytgan O‘zbekiston fuqarolarini hamda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun mamlakatga kelgan xorijliklarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish nazarda tutilmoqda.
Xususan, uzluksiz to‘qson kun va undan ortiq muddat davomida chet elda bo‘lib qaytgan o‘n sakkiz yoshdan oltmish yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari, O‘zbekiston hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublikaga kirib kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni majburiy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish belgilanmoqda.
Yig‘ilishda tashabbuskorlar deputat Sherzod Qulmatovning nima uchun 90 kun belgilanayotgani masalasiga izoh berarkan, bu yuqumli kasallik inson organizmida 90 kundan so‘ng o‘zini namoyon qilishini qayd etdi. U shuningdek, chet eldan qaytgan fuqaro agar o‘zining, oilasining sog‘ligini o‘ylasa, tezda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozimligini bildirdi.
Uning bildirishicha, mazkur hujjat inson salomatligi uchun xavf tug‘diruvchi yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish, aholi salomatligini muhofaza qilish, mehnat migratsiyasi jarayonlarida ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan huquqiy mexanizmlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Muhokamalardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Mavzuga oid

15:12 / 08.07.2025
Xorijdan qaytgan fuqarolar OIV infeksiyasiga majburiy tekshiruvdan o‘tkaziladi

09:49 / 02.07.2025
AQSh Senati Trampning «katta» qonun loyihasini ma’qulladi

12:07 / 21.06.2025
Britaniya Jamoatlar palatasi evtanaziya to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

13:34 / 10.06.2025