Rossiya harbiy bazalarda samolyotlar uchun usti yopiq maxsus joylar qurmoqda
OSINT tahlilchilarga ko‘ra, «Pautina» SBU operatsiyasidan so‘ng Rossiya Federatsiyasi va Qrimdagi kamida 14 ta harbiy bazada samolyotlar uchun usti yopiq maxsus joylar qurilishi boshlandi.

Foto: Maxar Technologies
Rossiya Qurolli kuchlari, hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘ndan ortiq Tu-95 va Tu-22M strategik bombardimonchi samolyotlarini yo‘qotdi «Pautina» SBU operatsiyasidan so‘ng, Rossiya o‘zining harbiy bazalarida samolyotlar uchun usti yopiq maxsus joylar qurishni boshladi. Bu haqda «Ozodlik radiosi» 8 iyun, yakshanba kuni OSINT tahlilchilarga tayanib xabar berdi.
Xususan, Def Mon taxallusi ostida X mikroblogini boshqaradigan OSINT tahlilchi sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga asoslanib, samolyotlar uchun boshpana yaratish bo‘yicha ishlar 14 ta bazada, jumladan: Yeysk, Krimsk, Primorsko-Axtarsk, Adigeyadagi Xanskaya aviabazasi, Millerovo, Axtubinsk, Borisoglebsk, Kursk, Lipetsk va Engelsdagi strategik aviatsiya bazasida olib borilmoqda, degan xulosaga keldi. Bundan tashqari, Qrim hududida: Gvardeyskoye, Saki va Sevastopoldagi bazalarda samolyotlar uchun boshpana qurilmoqda, deyiladi uning postlarida.
Rossiya harbiy aerodromlariga Ukraina uchuvchisiz uchoqlarining hujumi natijasida shikastlangan strategik jangovar samolyotlarni almashtirish uchun Rossiyaga yillar kerak bo‘ladi, deb xabar berdi Reuters agentligi ushbu sohadagi g‘arb ekspertlariga tayanib. Bu yo‘qotishlar «Rossiya armiyasining o‘z imkoniyatlari chegarasida ishlayotgan asosiy kuchlariga jiddiy bosim o‘tkazadi», dedi agentlikka Qirollik birlashgan mudofaa tadqiqotlari instituti (RUSI) eksperti Jastin Bronk.
Bombardimonchilarning yo‘qotilishi Rossiyaning yadroviy salohiyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi dargumon, uning yadroviy kuchlari asosini quruqlikdan va suvosti kemalaridan uchiriladigan raketalar tashkil etadi, deb yozadi Reuters. Shu bilan birga, foydalanishdan chiqarilgan samolyotlar Rossiya Aerokosmik strategik kuchlarining bir qismi bo‘lib, ular Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi davomida Ukraina hududida qanotli raketalarni uchirish uchun ishlatilgan, deb ta’kidlaydi Bronk.
Mavzuga oid

21:39 / 08.06.2025
AQSh Ukrainaga va’da qilingan 20 mingta raketani Yaqin Sharqqa yubordi - Zelenskiy

18:53 / 07.06.2025
«Vagner» tarkibiga yollangan o‘zbekistonlik sudlandi

13:16 / 07.06.2025
Zelenskiy: «Kim Rossiyaga bosim o‘tkazmasa, u sherikdir»

10:22 / 07.06.2025