Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolgariya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
Toshkent shahri xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Foto: O‘zA
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Bolgariya prezidenti Rumen Radev 9 iyun kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
Toshkent shahri xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 10 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Tashrif dasturiga muvofiq, ikki mamlakat yetakchilarining muzokaralari, rasmiy va ishbilarmonlik tadbirlari o‘tkazilishi, qator ikki tomonlama bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va Bolgariya prezidentlari o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantirish, shu jumladan, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, agrosanoat majmui, farmatsevtika tarmog‘i, konchilik, raqamlashtirish sohalarida kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, turizm va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqadi.
Bolgariya prezidenti IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.
Mavzuga oid

08:05 / 10.07.2025
YeI Bolgariyaning yevroga o‘tishini yakuniy tarzda ma’qulladi

10:14 / 20.06.2025
Yevroittifoq Bolgariyani yevrohududga qabul qilishni tavsiya etdi

13:58 / 10.06.2025
O‘zbekiston va Bolgariya o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytiradi

16:35 / 08.06.2025