YeI va BMT AQShni XJC sudyalariga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi
Yevropa Ittifoqi rahbariyati va BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari AQShning Xalqaro jinoiy sud Apellyatsiya palatasining to‘rt sudyasiga nisbatan sanksiyalarini tanqid qildi.

Foto: AP
Yevropa Ittifoqi rahbariyati va BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Turk 6 iyun, juma kuni AQShni Xalqaro jinoiy sud (XJC) Apellyatsiya palatasining to‘rt nafar sudyasiga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi, ulardan ikki nafari Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoavni hibsga olish uchun order berish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
«Yevropa komissiyasi Xalqaro jinoiy sud va uning mansabdor shaxslarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. XJC dunyodagi eng og‘ir jinoyatlar uchun mas’ul bo‘lganlarni javobgarlikka tortadi va jabrlanuvchilarga ovoz beradi. U bosimsiz harakat qila olishi kerak», dedi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen X ijtimoiy tarmog‘ida. «Biz har doim global adolat va xalqaro huquqni hurmat qilish tarafdori bo‘lamiz».
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas ham sudyalarni himoya qilib chiqdi. «XJS eng og‘ir jinoyatlar oldida adolatni ta’minlaydi. U bosimdan xoli va o‘z tamoyillariga sodiq qolishi kerak. Biz uning faoliyatini doimo qo‘llab-quvvatlaymiz va mustaqilligini himoya qilamiz», — dedi u.
Mavzuga oid

22:08
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi

20:05
AQSh startapi bo‘lajak farzandning ko‘z rangi, bo‘yi va aql darajasini tanlashni taklif qildi

19:30
Mask Trampni obro‘sizlantiruvchi postini o‘chirib tashladi

16:03