Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sifat hujjati bo‘lmagan dorilarni sotayotgan shaxslar ushlandi
Toshkent viloyatida sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotayotganlar qo‘lga olindi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafshon shahri bo‘limi, DXX, IIV va Bojxona xodimlari hamkorligida va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, qonunga xilof ravishda dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan N.A. fuqaro M.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan jami 72 000 dona “sistema infuzion” tibbiy buyumlarini 17 900 AQSh dollari va 30 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning KIA rusumli avtomashinasi hamda Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi yashash xonadonidan sotish maqsadida saqlab kelingan umumiy bahosi 240 mln so‘mlik 867 quti dori vositalari hamda 29 turdagi 72 389 dona tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, departamentning Chirchiq shahri bo‘limi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Q.B. fuqaro Sh.B.ga kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan jami 11 500 dona “Menavazin” va “Metralin” nomli dori vositalari hamda “sistema infuzion” tibbiy buyumlarini 130 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

13:09 / 21.07.2025
Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

16:47 / 19.07.2025
Antibiotiklardan tashqari boshqa oddiy dorilar ham organizmning tabiiy himoya tizimini buzishi mumkinligi aniqlandi

12:33 / 11.07.2025
Buxoroda sifati kafolatlanmagan dorilar savdosiga chek qo‘yildi

12:13 / 03.07.2025