Tramp tuzoqqa tushgan akulalarni qo‘yib yuborgan ikki g‘avvosni afv etdi
Ular baliqchilar tuzog‘iga ilingan 19 ta akulani ozod etgan. Sud esa g‘avvoslarga jarima belgilagan va ularga AQShni tark etishini taqiqlagan.

Foto: U.S. Department of Justice
AQSh prezidenti Donald Tramp sanoat baliqchiligi uchun mo‘ljallangan anjomlardan akulalarni ozod etib yuborgan floridalik ikki g‘avvosni afv etdi, deb xabar bermoqda CBS.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Floridada yashovchi Tenner Mensell va Jon Mur ismli g‘avvoslar 2022 yilda dengiz qonunchiligiga muvofiq mulk o‘g‘riligi uchun sudlangan. Ular qirg‘oqdan bir necha mil uzoqlikdagi baliq ovlash tuzog‘idan 19 ta akula va ulkan gruper balig‘ini ozod qilganlikda ayblangan. Biroq joriy yilda Tramp ularni afv etdi.
2020 yilda Mensell va Mur Florida sohillarida baliqchilar tuzog‘iga duch kelgan. Ular ushbu anjomlar noqonuniy o‘rnatilgan deb o‘ylab, unga ilingan jonzotlarni ozod etgan. Keyin esa bu haqda rasmiylarga xabar bergan. Ammo mazkur tuzoqlar qonuniy o‘rnatilgani aniqlangan va g‘avvoslarga nisbatan ayblov e’lon qilingan. Mensell va Mur qamalmagan, biroq 3,3 ming dollar miqdorida jarima to‘lashga majbur bo‘lgan. Bundan tashqari, sud qarori bilan ularga Floridada ovoz berish, qurolga egalik qilish va AQShni tark etish taqiqlangan.
CBS ma’lumotlariga ko‘ra, g‘avvoslardan birining advokati Ian Goldshteyn o‘z himoyasi ostidagi fuqaro hamda uning sherigi «yaxshi niyatda» xatolik sodir etgani va afv etilishga loyiq ekanliklarini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid

18:23
Tramp 48 soat ichida uch yetakchi bilan muloqotda muvaffaqiyatsizlikka uchradi – OAV

17:15
Tramp Baydenning sog‘lig‘i bo‘yicha surishtiruv o‘tkazishni buyurdi

09:11
Tramp 12 davlat fuqarolarining AQShga kirishini taqiqladi

23:40 / 04.06.2025