PSJ g‘alabasidan keyin tartibsizliklar: Parijda yana 79 kishi ushlandi
"Pari Sen-Jyermen"ning Chempionlar ligasidagi g‘alabasidan so‘ng Yelisey maydoni va «Park de Prens» stadionidagi bayram tadbirlari atrofida yana tartibsizliklar ro‘y berdi. Fransiya poytaxtida 79 kishi qo‘lga olindi.

Foto: Aurelien Morissard/AP
Parijdagi Yelisey maydonlarida UYeFA Chempionlar ligasi g‘olibi – «Pari Sen-Jyermen» (PSJ) futbol klubi sharafiga o‘tkazilgan parad, shuningdek, klubning uy stadioni «Park de Prens» stadionida muxlislarning g‘alabani nishonlashi vaqtida yana tartibsizliklar sodir bo‘ldi, deb xabar berdi dpa agentligi 2 iyun, dushanba kuni. Shu bilan birga, 1 iyun oqshomida va 2 iyunga o‘tar kechasi 79 kishi qo‘lga olindi, deyiladi nashrda.
Parij politsiyasi prefekti Loran Nunez RTLradiosi orqali Yelisey maydonlarida 100 000 dan ortiq odamni to‘plagan parad hamda kubokning «Park de Prens» stadionida taqdim etilganidan so‘ng sodir bo‘lgan yangi voqealardan afsusda ekanini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar «PSJ»ning haqiqiy muxlislari emas.
Nunezning so‘zlariga ko‘ra, 2 iyunga o‘tar kechasi tartibsizliklar ishtirokchilari shahar avtostradalariga singan to‘siqlarni uloqtirgan va PSJning uy stadioni – «Park de Prens» yaqinidagi Parij aylanma yo‘lini 15 daqiqaga to‘sib qo‘ygan. Bundan tashqari, hujumchilar guruhlari petardalar uloqtirib, Yelisey maydonlaridagi do‘konlarni buzishga harakat qilgan, deya qo‘shimcha qildi politsiya prefekti.
Mavzuga oid

12:31 / 20.06.2025
«Inter Mayami» Messining shedevri bilan kambek qildi, «PSJ»da sensatsion mag‘lubiyat

12:00 / 16.06.2025
Messi golsiz boshladi, «PSJ» «Atletiko»ni ham yakson etdi, «Bavariya» 10 ta gol urdi

11:11 / 09.06.2025
Yamalning davri hali kelmadi. Ronaldu finalda hal qiluvchi golni urdi, muxlislar yana uning nomini qo‘shiq qilib kuyladi

13:29 / 01.06.2025