Jahon | 20:55 / 02.06.2025
2102
1 daqiqa o‘qiladi

Yil boshidan beri rossiyalik oligarxlarning boyligi 22 milliard dollardan oshdi

Eng ko‘p daromad olgan «Norilsk Nikel» kompaniyasi prezidenti Vladimir Potanin bo‘ldi.

Vladimir Potanin / Foto: RIA Novosti

Rossiyadagi eng badavlat tadbirkorlarning boyligi yil boshidan beri 22 milliard dollarga oshgan. Bu haqda Bloomberg milliarderlar reytingidan ma’lum bo‘lmoqda. Dunyoning eng boy 500 kishisi ro‘yxatida jami 22 nafar rossiyalik bor.

Bu yil rossiyalik ishbilarmonlar orasida eng ko‘p daromad olgan «Norilsk Nikel» kompaniyasi prezidenti Vladimir Potanin bo‘ldi - uning boyligi (31,7 milliard dollar) 3,82 milliard dollarga oshdi.

Keyingi o‘rinlarda:

- Alisher Usmonov — 3,7 milliard dollar (16,9 milliard dollar);

- Iskandar Mahmudov — 3,61 dollar (6,74 milliard dollar);

- Sulaymon Kerimov — 3 milliard dollar (10 milliard dollar);

- Pavel Durov — 2,3 milliard dollar (13 milliard dollar).

Milliarderlar ro‘yxatida yil boshidan beri zarar ko‘rgan rossiyaliklar ham bor. Masalan, «Monako» futbol klubi egasi Dmitriy Ribolovlev 1,77 milliard dollar, Vladimir Lisin 1,62 milliard dollar, Mixail Fridman esa 1,03 milliard dollar yo‘qotgan.

Mavzuga oid