Rossiya yo‘qotish nima ekanini tushunishi kerak – Zelenskiy
Ukraina rahbari so‘zlariga ko‘ra, «bu Rossiyani diplomatiya sari undaydi».

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning fikricha, harbiy yo‘qotishlar Rossiyani muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qiladi. U bu fikrini Vilnyusdagi «Buxarest to‘qqizligi» sammitida bildirdi.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, Ukraina qurolga bo‘lgan ehtiyojning 40 foizini mahalliy ishlab chiqarish hisobiga qoplay oladi, «lekin bu barqaror moliyalashtirishni talab qiladi». Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina operatsiyalari «investitsiyalar, ayniqsa, dronlarga qanday ta’sir qilishini ko‘rsatmoqda».
Zelenskiy Yevropa va AQSh birgalikda Rossiyadan yaxshiroq qurolga ega ekanini qo‘shimcha qildi.
«Bizda ham kuchliroq taktik yechimlar bor. Kecha bizning «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyamiz buni isbotladi. Rossiya yo‘qotish nimani anglatishini tushunishi kerak. Bu uni diplomatiya sari undaydi», deb uning so‘zlarini keltirdi UNIAN.
1 iyun kuni Ukraina dronlari Rossiya harbiy aerodromlariga, jumladan Irkutsk va Murmansk viloyatlariga hujum qildi. Zelenskiy so‘zlariga ko‘ra, operatsiyaga jami 117 ta FPV dronlari va shuncha dron operatorlari jalb qilingan va operatsiya «ofisi» Rossiya hududida, FXX shtab-kvartirasi yonida bo‘lgan. Zelenskiyning ta’kidlashicha, hujum oqibatida «harbiy baza aerodromlaridagi strategik samolyotlarning» 34 foizi zarbaga uchragan.
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina dronlari beshta hududdagi harbiy aerodromlarga hujum qilganini tan oldi. Harbiy departament ma’lumotlariga ko‘ra, Murmansk va Irkutsk viloyatlarida «bir nechta samolyot yonib ketgan».
Mavzuga oid

11:15
Pentagon rahbari Ukraina bo‘yicha aloqa guruhi uchrashuvida qatnashmaydi

08:38
Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri: Mamlakat iqtisodiyoti sovish davriga kirdi

00:44
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi

22:07 / 03.06.2025