Pentagon rahbari Ukrainaning «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida muntazam ma’lumot olgan – OAV
Maxsus operatsiyani amalga oshirish paytida Hegset «Endryus» AQSh qo‘shma harbiy bazasida bo‘lgan.

Ukraina AQSh mudofaa vaziri Pit Hegsetga 1 iyun kuni Rossiyaga qarshi amalga oshirilgan «O‘rgimchak to‘ri» maxsus operatsiyasi haqida muntazam ma’lumot berib turgan. Bu haqda CNN manbalarga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, maxsus operatsiyani amalga oshirish chog‘ida Hegset «Endryus» AQSh qo‘shma harbiy bazasida bo‘lgan.
Manbalarning jurnalistlarga aytishicha, Pentagon rahbari hali ukrainalik hamkasblari bilan «Pavutina»ni muhokama qilmagan.
Nashrning tasdiqlashicha, Oq uy Rossiya aerodromlariga rejalashtirilgan hujum haqida oldindan ogohlantirilmagan, bu vaqtda Ukraina dronlari dushmanning 40 dan ortiq samolyotiga zarba berdi.
1 iyun kuni Ukraina dronlari Rossiya harbiy aerodromlariga, jumladan Irkutsk va Murmansk viloyatlariga hujum qildi. Prezident Zelenskiy so‘zlariga ko‘ra, operatsiyaga jami 117 ta FPV dronlari va shuncha dron operatorlari jalb qilingan va operatsiya «ofisi» Rossiya hududida, FXX shtab-kvartirasi yonida bo‘lgan. Zelenskiyning ta’kidlashicha, hujum oqibatida «harbiy baza aerodromlaridagi strategik samolyotlarning» 34 foizi zarbaga uchragan.
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina dronlari beshta hududdagi harbiy aerodromlarga hujum qilganini tan oldi. Harbiy departament ma’lumotlariga ko‘ra, Murmansk va Irkutsk viloyatlarida «bir nechta samolyot yonib ketgan».
Mavzuga oid

23:40 / 04.06.2025
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml

22:38 / 04.06.2025
«Pautina» operatsiyasi: Rossiya qanday javob beradi?

22:24 / 04.06.2025
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp

21:12 / 04.06.2025