Parijdagi muzeydan Makronning mumdan yasalgan haykali o‘g‘irlandi
40 ming yevrolik haykal Rossiyaning Parijdagi elchixonasi oldiga o‘rnatib ketildi. O‘g‘rilik Greenpeace xalqaro ekologik tashkiloti vakillari tomonidan amalga oshirilgan.

Foto: AFP
Parijdagi Greven muzeyidan Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning mumdan yasalgan haykali o‘g‘irlab ketildi. Aksiya uchun mas’uliyatni Greenpeace xalqaro ekologik tashkiloti o‘z zimmasiga oldi.
Qayd etilishicha, o‘g‘irlik 2 iyun kuni soat 10:30 larda amalga oshirilgan. Ikki ayol va erkak muzeyga oddiy tashrif buyuruvchi sifatida kirib, hojatxonada muzey xodimlari formasini kiyib olgan. Ular Fransiya prezidentining Yelisey saroyidagi kabinetida tasvirlangan haykalni zaxira chiqish yo‘li orqali olib ketgan. O‘g‘rilar qiymati 40 ming yevroga yetadigan Emmanuel Makronning mum haykalini choyshabga o‘ragan holda olib chiqqan.
Sodir bo‘lgan voqeadan ko‘p o‘tmay muzeyga o‘zini Greenpeace faoli deb tanishtirgan odam qo‘ng‘iroq qilib, o‘g‘rilikni u va hamkasblari sodir etganini ma’lum qilgan.
Makronning haykali Rossiyaning Parijdagi elchixonasi binosi oldiga yetkazilgan. Mum haykal u yerga «Ukraina yonyapti, biznes davom etmoqda» yozuvi tushirilgan banner bilan o‘rnatilgan. Faollar, shuningdek, «Uran», «Gaz» yozuvlarini ham joylashtirgan bo‘lib, shu orqali Ukraina urushi fonida Fransiya va Rossiya o‘rtasida davom etayotgan energetik hamkorlikka shama qilgan. Greven muzeyi zudlik bilan politsiyani xabardor qilgan. Holat yuzasidan tergov olib borilmoqda.
Mavzuga oid

10:47 / 31.05.2025
Makron Falastinni tan olishni «ma’naviy burch» deb atadi

14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi

16:40 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi

22:50 / 15.05.2025