Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik agronomlar Italiya ilmiy markazlarida amaliyot o‘taydi
Joriy yilning 28–29 may kunlari mamlakatda O‘zbekiston–Italiya sammiti bo‘lib o‘tdi. Ushbu yuksak darajadagi siyosiy tadbir doirasida Italiya bosh vaziri Jorja Meloni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.

Foto: Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
Sammitga tayyorgarlik jarayonida bir qator vazirlik va idoralar vakillari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha Italiya tomonining tegishli tuzilmalari bilan hamkorlik uchrashuvlarini o‘tkazdi.
Ana shunday uchrashuvlardan biri qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Italiyaning nufuzli Confagricoltura tashkiloti vitse-prezidenti Lika Brondello, Tusha universiteti prorektori, professor Alvaro Maruchchi hamda Italiya Milliy tadqiqotlar kengashi (CNR) direktori Aldo Seriottilar o‘rtasida tashkil etildi.
Muloqot davomida qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha ta’lim va ilmiy faoliyatni rivojlantirish, talabalar almashinuv dasturlarini tashkil etish, o‘zbekistonlik agronom mutaxassislarining Italiya ilmiy markazlarida amaliyot o‘tashini ta’minlash, Orolbo‘yi mintaqasida amalga oshirilayotgan ekologik va agrotexnik qo‘shma loyihalar doirasida hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, agrar sohadagi ilmiy-tadqiqot va innovatsion salohiyatni oshirishga xizmat qiluvchi qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi.
Mavzuga oid

20:03 / 08.07.2025
Italiyada erkak uchishga tayyorlanayotgan samolyot dvigateliga kirib ketdi

18:29 / 04.07.2025
Rimda zapravkada kuchli portlash sodir bo‘ldi. Kamida 20 kishi jarohat oldi

08:44 / 26.06.2025
Italiyada supermarket tarmoqlaridan biri Isroil mahsulotlarini peshtaxtalardan olib tashladi

12:32 / 16.06.2025